«Chelsi» yarimhimoyachisi Fransesk Fabregas Sky 1 telekanali orqali efirga uzatilgan A League of Their Own ko‘rsatuvi orqali APL tarixidagi o‘z vaqtida eng mashhur bo‘lgan voqeani tan oldi, deb yozadi Kun nashri.
Ko‘rsatuv boshlovchisi Jeyms Korden futbolchiga 2004 yilning oktyabrida sodir bo‘lgan voqeani eslatib savol bergan. O‘sha vaqtlarda Fabregas «Arsenal» safida to‘p surardi. «Manchester Yunayted»ga qarshi uchrashuvdan so‘ng (0:2) londonliklardan kimdir «MYu» bosh murabbiyi Aleks Fergyusonning yuziga qarata pitssa uloqtirgan.
«Arsenal»ning sobiq sardori, hozirgi kundagi ekspert Martin Kioun eslagandi: «Esimda bor, u ispaniyalik yigit edi, juda yaxshi texnika egasi bo‘lgan. Hattoki pitssa uloqtirganda ham u ajoyib texnikasini namoyish etgan».
Fabregas bu gaplardan keyin Fergyusonga pitssani aynan u otganini tan oldi. «Ha, men otgandim! Ammo Martin Kioun – aldayapti, axir men yaxshi eslayman, u menga orqasini o‘girib turgan holda kim bilandir gap talashayotgandi. Men esa o‘sha joydan turib pitssani uloqtirgandim. U Fergyusonga borib tekkandi», – deya gapirib o‘tgan ispaniyalik futbolchi.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
O‘zbekistonda bukmekerlik xizmatlarni targ‘ib qilgan saytlar bloklandi
AQSHda klinik o‘limdan omon qolgan erkak vaqt o‘tib jinoyatchiga aylandi
Senat: O‘zbekiston yod tanqisligi bo‘yicha og‘ir hudud bo‘lib qolmoqda