Avvalroq, Toshkentning “Obod” futbol klubi O‘zbekiston Professional Futbol Ligasi Ijroiya Qo‘mitasining O‘FF bilan birga kelishilgan qaroriga ko‘ra, futbol bo‘yicha 2017 yilgi O‘zbekiston chempionati qatnashchilari safidan chiqarilgani haqida xabar berib o‘tgandik.
Ammo xabarda nima sababdan “Obod” jamoasi Oliy Liga o‘yinlaridan mahrum qilingani to‘liq keltirib o‘tilmagandi.
O‘zbekiston futbol Federatsiyasi Matbuot xizmatining ma’lumotiga ko‘ra, “Obod” litsenziyalash reglamentining talablarini bajarmaganligi sabab Oliy Ligadan chetlatilgan.
“Bugungi kunga kelib “Obod” futbol klubining moliyaviy muammolari, shuningdek, litsenziyalash reglamentining talablarini bajarmaganligi O‘zPFL Ijroqo‘mining qaroriga asos bo‘ldi”, - deyiladi rasmiy xabarda.
O‘zbekiston Professional Futbol Ligasi Ijroiya Qo‘mitasi O‘FF bilan kelishgan holda ushbu qarorni qabul qilgan bo‘lib, “Obod” jamoasi reglamentda ko‘rsatib qo‘yilgan bir qator talablarni bajarmagan va PFLga a’zolik badali pullarini shu kungacha to‘lab bermagan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, “Obod” klubining PFL oldidagi qarzi umumiy 112 million so‘mni tashkil qiladi. Shundan 90 millioni a’zolik badali to‘lovi, 15 millioni O‘zbekiston fuqarosi bo‘lmagan murabbiyni ro‘yxatga qo‘yish uchun to‘lov va 7 millioni boshqa turdagi jarima bo‘lgan.
Shuningdek, “Obod” rasmiylari tomonidan O‘zbekiston klublarini litsenziyalash bo‘yicha reglamentga muvofiq, klubni moliyalashtirish manbalari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma PFLga taqdim etilmagan. Natijada tashkilot uchun ushbu jamoa nimaning hisobiga moliyalashtirilishi haqidagi masala tushunarsizligicha qolib kelgan.
Bundan tashqari, “Obod” reglament talablarini qo‘pol ravishda buzgani holda, bir necha marta ogohlantirish berilganiga qaramasdan, litsenziyalash bo‘yicha birorta ham hujjatni rasmiylashtirmagan.
Jamoaning ikki uchrashuvi shubhali deb topilgan. Oliy Liga 20-turi doirasidagi “Obod” - “So‘g‘diyona” (2:4) va 22-turdan o‘rin olgan “Obod” – “Nasaf” (0:6) o‘yinlarida qayd etilgan natijalar Federbet xalqaro notijorat federatsiyasi tomonidan shubhaga olingan. Natijada tashkilot O‘FFga xat yozib, PFLni ham bundan ogoh etgan. Bu holat ham yakuniy qaror qabul qilishda muhim o‘rin tutgan.
Musobaqalar reglamentining 4.26 bandiga asosan “Obod” futbol klubi taqvimdagi o‘yinlarning yarimidan ko‘pini o‘tkazib bo‘lganligi munosabati bilan, oldindagi o‘yinlarda jamoaga texnik mag‘lubiyat, uning raqiblariga esa texnik g‘alaba yoziladi. O‘tgan o‘yinlardagi ogohlantirish va chetlatishlar o‘z kuchida qoladi.
O‘zbekiston qonunchiligi hujjatlarida ko‘rsatilganidek, “Obod” futbol klubi o‘z xodimlari va futbolchilari oldidagi mehnat shartnomalari bo‘yicha qarzlarni uzish va soliq to‘lovlarini to‘lash majburiyatini saqlab qoladi. Jamoa xodimlari va futbolchilariga esa boshqa futbol klublarda qaydnomadan o‘tishga reglamenti asosida ruxsat beriladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Obod” jamoasi faoliyatini yakunlashi haqida turli hil mish-mishlar tarqalgandi, lekin so‘nggi daqiqalarda ukrainalik investorlar jamoa homiyligini o‘z bo‘ynilariga olib, jamoani moliyaviy tomondan ta’minlashlarini aytishgandi, biroq Oliy Ligada qoniqarsiz natijalar qayd etayotgan klub yakunda investorlarga ham kerak bo‘lmay qoldi.
Ma’lumot uchun, “Obod” Oliy Liganing 23-turidan keyin 9 ochko bilan turnir jadvalining so‘nggi pog‘onasini egallab turgandi.
Akmalxon Eshonxonov
Manba: www.uff.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Britaniya transport vaziri kichik yolg‘on tufayli iste’foga chiqdi
Italiyadagi xushmanzara qishloq Tramp boshqaruvidan norozi amerikaliklarga 1 dollardan uy taklif qilmoqda
Olimlar psixoz tashxisini qo‘yishga yordam beradigan yangi biomarkerni aniqladi