O‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi, nokautchi Shohjahon Ergashev 11 noyabr kuni AQShning Nyu-York shahridagi Nassau Coliseum sport majmuasida o‘zininsh navbatdagi jangini o‘tkazadi.
Professional ringda 10 ta jangning barchasida nokaut bilan g‘alaba qozongan Shohjahon Ergashev amerikalik jurnalistlarni o‘ziga jalb qilishda davom emtoqda. Bir necha kun avval o‘zbekistonlik bokschining Boxing Talk nashriga intervyu e’lon qilingandi. Bu safar The Ring nashri muxbiri hamyurtimiz bilan suhbat uyushtirdi.
Dastlab, The Ring muxbiri Shohjahonning boksga kirib kelish tarixi haqida so‘radi.
“Boks bilan 10 yoshimdan shug‘ullanishni boshladim. Professional ringga chiqqunga qadar 250 ta jang o‘tkazib, qariyb barchasini nokaut bilan yutganman. O‘zbekiston boks termasi safida 6 yil davomida janglar qildim”.
Muxbir nima uchun Shohjahon aynan boksni tanlaganini va oilasini O‘zbekistonda tashlab, AQShga kelgani haqida so‘radi.
“Otamning sportga bo‘lgan muhabbati tufayli boks zaliga borib qoldim. Men o‘z vazn toifamda (yengil yarim-o‘rta vazn) eng yaxshi bokschiman. Jahon boksi markazi bo‘lmish AQShga esa aynan shuni isbotlash uchun kelganman. 11 noyabr kungi jang yengil yarim-o‘rta vazn toifasida yangi davrni boshlab beradi”.
O‘zbekistonlik bokschining suhbatdoshi O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi asosiy madaniyat farqlari va Amerikada unga nima yoqqani haqida so‘radi.
“Bu yerda mashg‘ulotlar o‘tkazish menga yoqyapti. Murabbiylar shunchaki ajoyib. Detroyt shahridagi Knork Gym zalidagi sparring raqiblar zo‘r va muhit bu yerda o‘zgacha. Umuman olganda AQSh menga yoqdi”.
Shohjahon Ergashev O‘zbekistondagi murabbiy hamda AQShda unga yordam berayotgan mutaxassislar haqida so‘zlab berdi.
“O‘zbekistonda murabbiyim Rustam Majidov, bu yerda esa Javan “Sugar” Xill va Rik Fillips. Ular menga ko‘plab yangi narsalarni o‘rgatishmoqda. Mening promouterim Dmitriy – Salita Promotions komaniyasi vakili va u o‘z ishini ajoyib tarzda uddalamoqda. U barcha va’dalari ustidan chiqdi, AQShga taklif qilib, faoliyatimda yuksalish bo‘lishi uchun ko‘mak bermoqda. Men eng kuchlilar va jahon chempionlari bilan jang qilishni istayman”.
The Ring muxbiri Shohjahonning kuchli va zaif tomonlari haqida so‘radi.
Mening kuchli tomonim – pancherligim. Men ko‘p mashg‘ulotlar o‘tkazib, g‘alaba qozonish uchun barcha zarur narsalarni amalga oshiraman. Mening zaif tomonlarim yo‘q!”. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Putin Ukrainaning yadroviy bomba yaratishiga yo‘l qo‘ymaslikka va’da berdi
Yapon psixiatri qiyinchiliklarni qanday yengish va mazmunli yashash sirlarini aytdi
Shoygu Rossiyaning “yadro soyaboni” kimni himoya qilishini aytdi
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
1 dekabrdan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi?
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi