
Ispaniya chempionatining 10-turidan o‘rin olgan “Jirona” - “Real” o‘yinida mezbonlar kichik hisobda g‘alaba qozondilar.
29 oktyabr, 20:15, «Montilivi»
“Jirona” - “Real” 2:1
Gollar: Isko 12, Stuani 54, Portu 58.
“Jirona” – Bunu, Espinosa, Xuanpe, Munyesa, Aday, Pons, Portu (Kayode 82), Garsiya (Timor 75), Granel, Maffeo, Stuani (Mojika 88).
“Real” – Kasilya, Varan (Nacho Fernandes 46), Marselo (Vaskes 66), Xakimi (Asensio 66), Ramos, Kroos, Kazemiro, Isko, Modrich, Benzema, Ronaldu.
Ogohlantirish: Modrich 45, Aday 87.
O‘yinning 12-daqiqasida madridliklar tezkor qarshi hujum uyushtirishdi. Ronalduning bergan zarbasini Bunu qaytardi, ammo qaytgan to‘pga Isko birinchi bo‘lib yetib bordi va hisobni ochdi - 0:1!
Bahsning 54-daqiqasida esa mezbonlar hujumchisi Stuani raqib darvozasini ishg‘ol qilib, muvozanatni tikladi - 1:1!
58-daqiqada mezbonlar hisobda oldinga chiqib oldilar. Portu “qirollik klubi” darvozasiga gol kiritib, jamoasini oldinga olib chiqdi - 2:1!
Manba: championat.asia “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar