«Barselona» klubining sobiq himoyachisi, Ispaniya terma jamoasi tarkibida Yevropa va Jahon chempioni bo‘lgan Karles Puyol joriy yilning 9 noyabr kuni Toshkentga tashrif buyuradi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.
O‘zbekiston futbol federatsiyasi prezidenti Umid Ahmadjonov shu yilning sentyabr oyida Shveysariyaning Syurix shahrida FIFA prezidenti Janni Infantino bilan uchrashgandi.
Uchrashuv davomida O‘zbekiston delegatsiyasi futbol targ‘ibotini kuchaytirish maqsadida FIFAdan dunyo futbolining yorqin afsonalari va buguni kun yulduzlarini O‘zbekistondagi yosh futbolchilarga master-klass o‘tab berishi uchun taklif qilishda FIFAning amaliy yordam berishini so‘ragandi.
FIFA prezidenti Janni Infantino o‘sha uchrashuv davomida O‘zbekiston futbol federatsiyasi tomonidan mamlakatda futbol rivojini yangi bosqichga olib chiqish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni yuqori baholab, Jahon futboli yulduzlarini O‘zbekistonga yuborishda amaliy yordam berishni va’da qilgandi.
Puyolning O‘zbekistonga tashrifi shaxsan FIFA prezidenti Janni Infantino tomonidan uyushtirilayotgan bo‘lib, bu orqali FIFA prezidenti O‘zbekistonda futbolni yanada rivojlantirish maqsadida federatsiya tomonidan amalga oshirilayotgan katta hajmdagi chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatlash va futbolning ommaviyligini oshirishga hissa qo‘shishni maqsad qilgan.
Karles Puyol tashrifi davomida O‘zbekistondagi futbol akademiyalari va bolalar futbol maktablari bilan yaqindan tanishadi hamda u yerda futbol sir-asrorlarini o‘rganayotgan yosh futbolchilar uchun master-klasslar o‘tkazib beradi.
Shuningdek, Jahon futboli afsonasi o‘zbek futboli bilan yaqindan tanishish maqsadida Oliy liga 28-tur doirasida bo‘lib o‘tadigan «Paxtakor» va «Olmaliq» jamoalari o‘rtasidagi o‘yinni ham bevosita «Paxtakor» stadionidan turib tomosha qilib borishi rejalashtirilgan.
«Karles Puyol kabi Jahon darajasidagi futbol yulduzlarining yurtimizga tashrifi O‘zbekistonda futbolni ommaviylashtirish va targ‘ib qilish, o‘sib kelayotgan yosh avlod o‘rtasida futbolga bo‘lgan qiziqishni yanada oshishiga xizmat qilishi aniq», deyiladi O‘FF matbuot xizmati xabarida. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi
Toshkentda pullarni ko‘paytirib berishini aytib, fuqaroni chuv tushirgan treyder ushlandi
AQSHda Zelenskiy ukrainaliklardan nimani yashirayotgani oshkor etildi
Hamid Sodiq: “Agar qonunlar ishlamasa, qonunlarning vazifasini korrupsiya bajarishni boshlaydi”
May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi
Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi
Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi