20:08 / 03.11.2017
5 302

Oliy Liga. «Bunyodkor» va «Lokomotiv» vodiy klublarini yenga olmadi. «Paxtakor» penalti sabab zafar quchdi

Oliy Liga. «Bunyodkor» va «Lokomotiv» vodiy klublarini yenga olmadi. «Paxtakor» penalti sabab zafar quchdi
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy Ligasining 27-turidan joy olgan 3 ta bellashuv yakuniga yetdi va unda Toshkent grandlari maydonga tushdi, deb yozmoqda Daryo nashri.

Chempionlik uchun asosiy da’vogar bo‘lgan «Lokomotiv» Farg‘onada «Neftchi» mehmoni bo‘lib, 0:0 hisobida durang o‘ynadi. Shu tariqa «temiryo‘lchilar» ketma-ket ikkinchi chempionlik uchun qadam tashladi. O‘tgan mavsum «Lokomotiv» o‘z tarixida ilk bor O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritgandi.

«Lokomotiv»ga qarshi bellashuvda farg‘onalik futbolchilar 11 metrlik zarbadan aniq foydalana olmadi. Darvozabon Ignatiy Nesterov 15-daqiqadagi penaltini qaytarib, «Lokomotiv»ning sobiq ustozi Vadim Abramov ayni paytda boshqarayotgan jamoa zafar quchishiga yo‘l qo‘ymadi.

Chempionlikdan umidini uzmagan «Paxtakor» Jizzaxdan g‘alaba bilan qaytdi. «So‘g‘diyona»ga qarshi bellashuvning 1 soati o‘tgach, bosh hakam To‘xtasinov mezbonlar darvozasi tomon penalti belgiladi. Igor Sergeyev uni aniq amalga oshirib, «paxtakorchilar»ga 3 ochko taqdim etdi.

Mirjalol Qosimov boshqaruvidagi «Bunyodkor» ham «Lokomotiv» kabi vodiy klubini yenga olmadi. «Bunyodkor» stadionida «Navbahor»ni mehmon qilgan «qaldirg‘ochlar» so‘nggi daqiqada g‘alabani qo‘ldan chiqardi.

«Bunyodkor» Toshkent derbisida «Paxtakor»dan mag‘lub bo‘lgach, chempionlikdan umidini uzgandi. Klub Osiyo Chempionlar Ligasida to‘p surishni istasa, 4 dekabr kuni O‘zbekiston Kubogi finalida «Lokomotiv»ni taslim etishi kerak bo‘ladi.

O‘zbekiston Oliy Ligasi

27-tur bellashuvlari

3 noyabr, juma

«Neftchi» — «Lokomotiv» 0:0

Noaniq penalti: Muhsin Ubaydullayev, 15 (N.)

«So‘g‘diyona» — «Paxtakor» 0:1

Gol: Igor Sergeyev, 62-pen (0:1).

«Bunyodkor» — «Navbahor» 2:2

Gollar: Doston Hamdamov, 16-pen (1:0). Azizbek Turg‘unboyev, 19 (1:1). Vohid Shodiyev, 74 (2:1). A’zam Aliyev, 89 (2:2).

4 noyabr, shanba

«Olmaliq» — «Sho‘rtan» — 15:30

«Nasaf» — «Metallurg» — 17:00

«Qizilqum» — «Dinamo» — 17:00

«Buxoro» — «Qo‘qon—1912» — 17:00

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Oliy Liga. «Bunyodkor» va «Lokomotiv» vodiy klublarini yenga olmadi. «Paxtakor» penalti sabab zafar quchdi