12:06 / 09.11.2017
5 368

Karles Puyol Toshkentga yetib keldi va muxlislar tomonidan qizg‘in kutib olindi

Karles Puyol Toshkentga yetib keldi va muxlislar tomonidan qizg‘in kutib olindi
Avvalroq, futbol bo‘yicha Ispaniya terma jamoasi hamda “Barselona” klubining sobiq himoyachisi Karles Puyolning O‘zbekistonga tashrif buyurishi haqida xabar bergandik.

“Barselona” safida 1999–2014 yillar davomida to‘p surgan tajribali sobiq futbolchisi Karles Puyol bugun, 9 noyabr kuni (soat 02:00 da) Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida o‘nlab futbol muxlislari tomonidan kutib olindi.

Karles Puyol tashrifi davomida O‘zbekistondagi futbol akademiyalari tarbiyalanuvchilari uchun master-klasslar o‘tkazib beradi.

Shuningdek, Oliy liganing 28-tur doirasida bo‘lib o‘tadigan “Paxtakor” va “Olmaliq” jamoalari o‘rtasidagi o‘yinni bevosita “Paxtakor” stadionida turib tomosha qilib boradi.

Eslatib o‘tamiz, Karles Puyolning O‘zbekistonga tashrifi FIFA prezidenti Janni Infantino tomonidan uyushtirilayotgan bo‘lib, bu orqali FIFA prezidenti O‘zbekiston futbol federatsiyasi tomonidan O‘zbekistonda futbolni yanada rivojlantirish maqsadida amalga oshirilayotgan katta hajmdagi chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatlash va futbolning ommaviyligini oshirishga hissa qo‘shishni maqsad qilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Karles Puyol Toshkentga yetib keldi va muxlislar tomonidan qizg‘in kutib olindi