Afsonaviy futbolchini muxlis deb o‘ylab Messining oldiga qo‘yishmadi

Italiya terma jamoasi va «Yuventus» klubi sobiq hujumchisi Alessandro Del Pyero Rossiyaga qilgan tashrif chog‘ida biroz noqulay holatga tushib qoldi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.
Gap shundaki, Del Pyero Rossiya terma jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazish maqsadida Rossiyaga tashrif buyurgan Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi bilan ko‘rishish istagida terma jamoa joylashgan mehmonxonaga tashrif buyurgandi. Biroq mehmonxona qo‘riqchisi ingliz tilini umuman bilmagani tufayli Del Pyeroning gaplarini tushunmadi.
Ammo mahalliy jurnalistlar va Argentina terma jamoasi murabbiylar shtabidagi xodimlardan birining tushuntirishidan so‘ng Del Pyeroni Messining yoniga qo‘yib yuborishdi. Quyida ushbu vaziyat videosi joylashtirilgan.

Izohlar 0
…