O‘FF Matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, bolalar bilan futbol mashg‘ulotlarni yangi uslubda, Yevropa andozalariga mos ravishda o‘tkazish va shu yo‘l orqali yuqori saviyali futbolchilarni tayyorlash maqsadida viloyatlar to‘rt hududga bo‘linib, har bir hudud uchun bir nafardan xorijlik mutaxassis jalb etiladi.
1-hudud: Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro. Markaz – Nukus shahri.
2-hudud: Navoiy, Samarqand, Surxondaryo, Qashqadaryo. Markaz – Qarshi shahri.
3-hudud: Andijon, Farg‘ona, Namangan. Markaz – Farg‘ona shahri.
4-hudud: Sirdaryo, Jizzax, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahri. Markaz – Toshkent shahri.
“O‘FF ayni paytda serbiyalik bir qator mutaxassislar bilan muzokaralar olib boryapti. Tez orada muzokaralar yakuniga yetib, tegishli shartnomalar imzolanadi”, deya yoziladi xabarda.
Shuningdek, xorijdan tashrif buyuradigan mutaxassis, dastlab, 3-hudud hisoblangan vodiyda ish boshlaydi.
Boshqa hududlar uchun Yevropaning boshqa davlatlaridan ham mutaxassislarni jalb qilish rejalashtirilgan.
O‘zbekistonga tashrif buyuradigan mutaxassislar hududlarda bolalar futboli murabbiylari va seleksionerlar bilan ish olib borishadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Putin Ukrainaning yadroviy bomba yaratishiga yo‘l qo‘ymaslikka va’da berdi
Yapon psixiatri qiyinchiliklarni qanday yengish va mazmunli yashash sirlarini aytdi
Shoygu Rossiyaning “yadro soyaboni” kimni himoya qilishini aytdi
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
1 dekabrdan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi?
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi