date

«Arsenal» o‘z maydonida «Bavariya»ni mag‘lubiyatga uchratdi

«Arsenal» o‘z maydonida «Bavariya»ni mag‘lubiyatga uchratdi

Evropa Chempionlar ligasi musobaqasining guruh bosqich 3-turidan o‘rin olgan "Arsenal" hamda "Bavariya" klublari o‘rtasidagi uchrashuv nihoyasiga etdi, deb yozmoqda Uff.uz sayti.

Unda 2:0 hisobi qayd etilib, "to‘pchilar"ning g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘yin kutilganidek, shiddatli hujumlar ostida boshlandi. To‘p nazorati borasida Pep Gvardiola shogirdlari ustunlikka erishib turishdi. Lekin, birinchi bo‘limda hisob ochilmadi.

Ikkinchi bo‘limda tomonlar bir qator o‘zgarishlarni amalga oshirishdi. Nihoyat, Arsen Venger maydonga Olive Jiru tushirdi. Aytish kerakki, bu safar fransiyalik hujumchi "Arsenal"ning joniga oro kirdi. 77-daqiqada standart vaziyat ijrosini Jiru gol bilan yakunladi.

Bundan tashqari, Uolkott va Sancheslarda ham vaziyatlar bo‘ldi, ammo Noyerning mahorati gollardan qutqarib qoldi. O‘z navbatida Levandovskida ham shunaqa imkoniyatlar sodir etildi. Chex darvozada ishonchli turdi.

O‘yinning so‘nggi soniyalarida Mesut O‘zil ikkinchi golni urdi. Chap qanotdan boshlangan hujumni O‘zil chiroyli tarzda darvozaga yo‘lladi. Noyer to‘pni darvoza ichidan olib chiqqani bois, gol inobatga olindi.

Shu tariqa, "Arsenal" muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi va o‘zining dastlabki uch ochkosiga ega bo‘ldi.

Evropa Chempionlar ligasi, 3-tur
Arsenal Angliya – Bavariya Germaniya 2:0

Gollar: 1:0 – 77 Jiru, 2:0 – 90+4 O‘zil.
Arsenal – Chex, Mertesaker, Monreal, Belerin, Koselni, O‘zil, Remzi (Oksleyd-Chemberlen, 57), Uolkott (Jiru, 74), Koklen, Sanches (Gibbs, 83), Kasorla.
Bavariya – Noyer, Bernat, Alaba, Boateng, Duglas Kosta, Lam, Vidal (Rafinya, 71), Xabi Alonso (Kimmix, 70), Alkantara, Levandovski, Myuller.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » «Arsenal» o‘z maydonida «Bavariya»ni mag‘lubiyatga uchratdi