date

Edvard Gleyzer «Manchester Yunayted»ning 3 million aksiyasini sotuvga qo‘ydi

Edvard Gleyzer «Manchester Yunayted»ning 3 million aksiyasini sotuvga qo‘ydi

«Manchester Yunayted» klubi egalaridan biri bo‘lgan Edvard Gleyzer jamoaning 3 million aksiyasini sotuvga qo‘ydi. Bu haqida «The Guardian”ga asoslanib «Kun.uz» xabar berdi.

Taklif 12 dekabrgacha amalda bo‘ladi. Bu biznesmenga 45 million mablag‘ keltirishi mumkin. Klub esa bundan hech qanday daromad ko‘rmaydi.

Eslatib o‘tamiz, Gleyzerlar «Manchester Yunayted» klubini 2005 yilda 1,34 milliard dollarga sotib olgan edi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Edvard Gleyzer «Manchester Yunayted»ning 3 million aksiyasini sotuvga qo‘ydi