
Italiya chempionatining 15-turidan o‘rin olgan “Benevento” – “Milan” uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi.
Unda 2:2 hisobi qayd etilib, durang bilan yakun topdi.
Uchrashuvning 38-daqiqasida Jakomo Bonoventura mehmonlarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, ikkinchi bo‘lim boshida Pushkash muvozanatni tiklashga erishdi.
57-daqiqada Nikola Kalinich milanliklarning ikkinchi golini urdi. 75-daqiqada Alessio Romanoli ikkinchi sariq kartochkasini olib maydondan chetlatildi.
Hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarning so‘nggisida mezbonlar hisobni tenglashtirishga erishdilar. “Benevento” darvzaboni Alberto Brinoli jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qildi va o‘yin qahramoniga aylandi.
Shu tariqa, Jennaro Gattuzo boshchiligida ilk o‘yinini o‘tkazgan milanliklar bir ochko bilan cheklanishga majbur bo‘ldilar.
Italiya chempionati
15-tur
Benevento – Milan 2:2 (0:1, 2:1)
Gollar: 0:1 – 38 Bonaventura, 1:1 – 50 Pushkash, 1:2 – 57 Kalinich, 2:2 – 90+5 Brinoli.
Benevento – Brinoli, Gimsiti, Di Kyara (Gyamfi, 79), Letitsia, Kosta, Kataldi, Chibsa, D'Alessandro, Memushay (Koda, 80), Paridjini (Brinola, 67), Pushkash.
Milan – Donnarumma, Bonuchchi, Romanoli, Rodriges, Musakko, Bonaventura, Kessie, Borini (Abate, 60), Montolivo (Bigliya, 73), Suso (Sapata, 87), Kalinich.
Ogohlantirishla: Romanoli (24), Kataldi (29), Di Kyara (54), Rodriges (71), Kessie (89), Abate (90), D'Alessandro (90).
Chetlatish: Romanoli (75).
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!What a diving header! From the keeper! #BeneventoMilan pic.twitter.com/xvAZa793rj
— Tafayal Kamali (@Tafayal) December 3, 2017
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar