5 526
«Paxtakor» Chempionlar Ligasida o‘ynaydi. «Bunyodkor» O‘zbekiston Kubogi finalida «Lokomotiv»dan yengildi
Toshkentning «Lokomotiv» klubi yaqindagina ketma-ket ikkinchi bor O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritgandi. Endi jamoa O‘zbekiston Kubogida ham qatorasiga ikki bor zafar quchgani bilan yodda qoldi.
«Bunyodkor» stadioni mezbonlik qilgan O‘zbekiston Kubogining finalida «temiryo‘lchilar» aynan «Bunyodkor»ni taslim qildi. Joriy mavsum to‘purari Marat Bikmayev tomonidan urilgan golga «qaldirg‘ochlar» javob qaytara olmadi, deb yozmoqda Daryo nashri.
«Lokomotiv» bunga qadar 2014 va 2016 yillarda ham O‘zbekiston Kubogida zafar quchgandi. 2017 yilgi sovrin bu borada hisob bo‘yicha uchinchisi bo‘ldi. «Bunyodkor»da esa kuboklar soni 4 tani tashkil qiladi.
Mirko Yelichich boshqaruvida «Lokomotiv» ketma-ket ikki marta «Oltin dubl» qayd etdi. Ya’ni, Toshkent grandi ham chempionatda zafar quchdi, ham mamlakat kubogida barcha raqiblarini taslim qila oldi.
Shu tariqa «Bunyodkor» xalqaro maydondan chetda qoldi. Osiyo Chempionlar Ligasining 2018 yilgi mavsumi guruh bosqichida «Lokomotiv» ishtirok etadi. Chempionatni kuchli uchlikda yakunlagan «Nasaf» va «Paxtakor» esa guruh bosqichigacha bo‘lgan yo‘lni saralash orqali bosib o‘tadi. Agar «Bunyodkor» kubok finalida zafar quchganida, «Paxtakor» xalqaro maydondan chetda qolgan bo‘lardi.
O‘zbekiston Kubogi
Final
4 dekabr, dushanba
«Bunyodkor» — «Lokomotiv» 0:1
Gol: Marat Bikmayev, 7 (0:1).
O‘zbekiston Kubogi finalini Amirliklardan tashrif buyurgan hakamlar brigadasi boshqarib bordi. O‘yinni stadiondan kuzatgan OFK prezidenti Shayx Salmon esa kubokni g‘olib jamoaga topshirdi.
«Bunyodkor» va «Lokomotiv»ning chempionat doirasidagi o‘zaro o‘yinlarida tomonlar 3 ochkodan bo‘lishib olgandi. «Bunyodkor»da Mirjalol Qosimov jamoasi 1:0 hisobida zafar quchgan bo‘lsa, «Lokomotiv» arenasida mezbonlar 3:2 hisobida g‘olib chiqqandi.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Shoygu Rossiyaning “yadro soyaboni” kimni himoya qilishini aytdi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Yapon psixiatri qiyinchiliklarni qanday yengish va mazmunli yashash sirlarini aytdi
1 dekabrdan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi?
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Putin Ukrainaning yadroviy bomba yaratishiga yo‘l qo‘ymaslikka va’da berdi