
O‘zbekistonlik kikbokschi Sher Mamazulunov TNA talqini bo‘yicha jahon chempioniga aylandi. U Vityaz Fight jamoasi sharafini himoya qiladi.
TNA yo‘nalishida jangni olib borishda faqat zarba texnikasi qo‘llaniladi, u karate, muay-tay hamda kikboksing kabi yakkakurash turlaridan ba’zi usullarni o‘ziga qamrab olgan, deb xabar bermoqda Kun.uz.
Qayd etilishicha, sportchi musobaqaning katta qismida mashg‘ulotlarni avtomobil yuvish shoxobchasidagi ishi bilan uyg‘unlashtirgan. Biroq bu sportchiga professional raqiblari ustidan g‘alaba qozonishiga xalaqit qilmadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar