19:28 / 16.12.2017
3 839

Shavkat Mirziyoyev Rustam Jangaboyevga uy, Elyor Masharipovga Malibu, Zaynab Dayibekovaga Nexia sovg‘a qildi

Shavkat Mirziyoyev Rustam Jangaboyevga uy, Elyor Masharipovga Malibu, Zaynab Dayibekovaga Nexia sovg‘a qildi
Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi doirasida Nukusda yangi qurilgan Olimpiya va milliy sport turlariga ixtisoslashtirilgan oliy sport mahorati maktabi faoliyati bilan tanishdi, deb xabar berdi O‘zA

«Avvalambor shunday zamonaviy sport inshooti bilan sizlarni tabriklayman. Bu maskanda sport bilan shug‘ullanish uchun barcha sharoit yaratilgan. Endi shu imkoniyatlardan samarali foydalanib, yuksak natijalarga erishish kerak», — dedi O‘zbekiston Prezidenti.

Shavkat Mirziyoyev majmuada Qoraqalpog‘iston sport murabbiylarining malakasini oshirish markazini tashkil etish, mashg‘ulotlarni samarali o‘tkazish yuzasidan topshiriqlar berdi.

Shu yerda Prezident nomidan og‘ir atletika bo‘yicha nufuzli turnirlar sovrindori Rustam Jangaboyevga uy, dzyudochi Elyor Masharipovga Malibu avtomobili, qilichbozlik bo‘yicha xalqaro turnirlar sovrindori Zaynab Dayibekovaga Nexia mashinasi berildi. Mashg‘ulotlarga qatnashayotgan boshqa yosh sportchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.


Manba: Daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shavkat Mirziyoyev Rustam Jangaboyevga uy, Elyor Masharipovga Malibu, Zaynab Dayibekovaga Nexia sovg‘a qildi