Mamlakatimizning boks bo‘yicha terma jamoasi a’zosi Bektemir Meliqo‘ziyev 2018 yilgi sport mavsumiga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqida O‘zA muxbiri bilan suhbatlashdi.
– Siz uchun joriy yilgi mavsum qanday o‘tdi?
– 2017 yil o‘zbekistonlik juda ko‘plab sportchilar uchun omadli yil bo‘ldi. Shu qatori men ham ushbu yilni muvaffaqiyatli o‘tkazdim. Yurtimizda o‘tgan Osiyo chempionatida oltin, Germaniyada o‘tgan jahon chempionatida bronza medallarini qo‘lga kiritdim.
– Braziliyada o‘tgan Olimpiya o‘yinlarida 75 kilogrammgacha vazn toifasida bellashgan edingiz. So‘nggi yillarda 81 kilogrammgacha vazn toifasida jang o‘tkazmoqdasiz. Bunga sabab nimada?
– Har qanday sportchi yakkakurashlarda o‘zini har xil vazn toifalarida sinab ko‘radi. Misol uchun, Hasanboy Do‘smatov ham yaqinda o‘tgan xalqaro turnirda 52 kilogrammgacha vazn toifasidagi bahslarda ishtirok etdi va oltin medalni qo‘lga kiritdi. Men ham boshqa vazn toifasida yangi marralarni zabt etishga harakat qilmoqdaman. Va bu maqsadimga erishayotirman.
– Yangi mavsumga tayyorgarlik qanday o‘tmoqda?
– Tayyorgarlikni ancha oldin boshlaganmiz. Texnik-taktik va jismoniy mashqlarni doimo o‘zim ham bajarib boraman. Sportda tinimmiz mehnat qilish kerak. Aks holda yuksak marralarni zabt etib bo‘lmaydi. Umuman olganda men yangi mavsumga tayyorman. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi