09:35 / 06.01.2018
5 313

Murodjon Ahmadaliyev: Professional boksda nokautlar qiroli bo‘lmoqchiman

Murodjon Ahmadaliyev: Professional boksda nokautlar qiroli bo‘lmoqchiman
Rio-2016 Olimpiadasi sovrindori Murodjon Ahmadaliyev professional boksga o‘tganidan xabaringiz bor. Hozirda bokschimiz Las-Vegasda mashg‘ulotlar olib bormoqda.

– Men kichik qo‘lqoplar taqishni va dubulg‘ani yechishga shoshilayotganim yo‘q. Nokautlar qiroli bo‘lishni istayman. Ko‘pchilik ko‘rgan bo‘lsa, men doim raqiblarimga bosim uyushtirishga harakat qilaman. Menda eng kuchlilar safida bo‘lish ishonchi bor. Ayniqsa, yarim yengil vazn toifasida mening tanam kuchli ko‘rinadi. Qachonki, raqibimdan ustunligimni ko‘rsam, jangni tugatish uchun bosimni kuchaytiraman, – deydi Ahmadaliyev BoxingScene nashriga bergan intervyusida.

Ayni damda Ahmadaliyev Jastin Gamber murabbiyligi ostida shug‘ullanmoqda. Bu murabbiy o‘rta vazn toifasida yengilmas Kaleb “Sweethands” Plantga (16-0, 11 nokaut) ustozlik qilgani bilan boks olamiga mashhur.

– Ahmadaliyev bilan o‘tkazilgan qo‘l jangidan so‘ng men uning qanday kuchga ega ekanligini tushundim. Bu bola kuchli elektr kuchiga ega, – deydi Jastin Gamber. – Uning havaskorlar boksidagi yaxshigina tajribasidan kelib chiqib, men Ahmadaliyevning yarim yengil vazn toifasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir qilishini his qilyapman.

Eslatib o‘tamiz, 23 yoshli Murodjon havaskorlar boksida 2015 yil Doxada o‘tgan Osiyo chempionatida kumush, 2017 yil Toshkentdagi Osiyo chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgan. U shuningdek, milliy va xalqaro turnirlarda g‘olib va sovrindorlar qatoridan o‘rin olib kelgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Murodjon Ahmadaliyev: Professional boksda nokautlar qiroli bo‘lmoqchiman