16:57 / 09.01.2018
3 646

“Barselona” “Liverpul”dan tortib olgan Koutinoning ko‘rsatkichlari shunchaki dahshatli

“Barselona” “Liverpul”dan tortib olgan Koutinoning ko‘rsatkichlari shunchaki dahshatli
Avval xabar berganimizdek, “Liverpul” yarim himoyachisi Fillipe Koutino rasman “Barselona” futbolchisiga aylandi.

Yevropaning taniqli nashrlari Fillipe Koutinoning besh yil davomida “Liverpul”da eng ko‘p xavfli vaziyatlarda qatnashgan futbolchi sifatida qayd etishdi.

Gap shundaki, Filippe “Liverpul” futbolchisi sifatida ilk marta 2013 yil debyut o‘yinini o‘tkazgan. Koutino shu kunga qadar barcha musobaqalarda “gol+ pas” tizimida 97 ball (57+43) ni to‘plagan.

Aniqrog‘i, Koutino sobiq jamoasida 152 o‘yinda 41 ta gol va 43 marta sheriklarining gollariga assistent vazifasini bajargan.

Bu ko‘rsatkich esa “Liverpul” futbolchilari orasidagi eng yaxshi natija hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, braziliyalik futbolchi joriy mavsum APLning 14 ta o‘yinida ishtirok etib, 7 gol va shuncha golli uzatma mualiffiga aylangandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Barselona” “Liverpul”dan tortib olgan Koutinoning ko‘rsatkichlari shunchaki dahshatli