16:26 / 19.01.2018
4 851

O‘FF prezidenti O‘zbekiston OTJ futbolchilariga tashakkurnoma yo‘lladi

O‘FF prezidenti O‘zbekiston OTJ futbolchilariga tashakkurnoma yo‘lladi
«O‘zbekiston futbol federatsiyasi prezidenti Umid Ahmadjonov bugun Osiyo chempionati chorak finalidan o‘rin olgan Yaponiyaga qarshi o‘yin oldidan O‘zbekiston OTJ futbolchilariga murojaat qilib, ularni g‘alabaga undagan edi. Futbolchilarimiz ham bu murojaatdan ruhlanib, bugun ajoyib o‘yin namoyish qilib, yirik hisobda g‘alaba qozonishdi», — deb yozmoqda federatsiya rasmiy sayti.

Umid Ahmadjonov o‘yindan keyin futbolchilarga o‘z tashakkurini izhor qildi.

«Hurmatli futbolchi va murabbiylar!

Bugungi ajoyib o‘yin, chiroyli g‘alaba va Osiyo chempionati yarim finalga yo‘l olganingiz bilan barchangizni tabriklayman! Rahmat Sizlarga! O‘yindan avval Sizlarga yuborgan murojaatimdan to‘g‘ri xulosa chiqargan holda, bugun maydonda joningizni berib harakat qildingiz. Kechagi fojeadan qalbi g‘amga to‘lgan yurtoshlarimizga oz bo‘lsa-da, quvonch baxsh etishga muvaffaq bo‘ldingiz. Albatta, Qozog‘istonda vatandoshlarimiz bilan ro‘y bergan fojeaning alamini hech narsa bosa olmaydi. Biz hamisha o‘tganlarning ortidan xayrli duolar qilamiz.

Lekin bugungi o‘yiningiz bilan Siz nafaqat yurtdoshlarimizga quvonch ulashdingiz, balki Vatanimiz sha’nini munosib himoya qila oldingiz. Yaponiyadek futboli rivojlangan mamlakat o‘yinchilaridan o‘zbekistonlik futbolchilar hech bir jabhada aslo kam emasliklarini namoyish qilib berdingiz. Buning uchun Sizlarga minnatdorchilik bildiraman.

Endi oldinda Sizlarni Osiyo chempionati yarim final bahsi kutib turibdi. Ushbu mas’uliyatli o‘yinda ham yurakdagi o‘t bilan astoydil harakat qilib, g‘alaba qozonishingizni tilab qolaman. O‘zbekiston hech kimdan kam emasligini butun dunyoga ko‘rsatib qo‘ying! Final sari olg‘a!
Umid Ahmadjonov, O‘FF prezidenti».

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘FF prezidenti O‘zbekiston OTJ futbolchilariga tashakkurnoma yo‘lladi