
Qarshining “Nasaf” klubi yangi mavsum oldidan o‘z tarkibini kuchaytirishda davom etmoqda.
SPORTS.uz internet axborot portaliga ma’lum bo‘lishicha, serbiyalik Slavko Lukich faoliyatini qarshiliklar safida boshlashga yaqin turibdi. U so‘nggi yillarda Slovakiyaning "Spartak Trnava" jamoasida to‘p tepib kelayotgan edi.
Ma’lumot uchun, 28 yoshli himoyachi o‘z vaqtida Serbiya U-19 va Serbiya U-21 termalarida o‘ynagan. U asosan o‘ng qanot himoyachisi pozitsiyasida to‘p suradi. Kerak vaqtlarda esa markaziy himoyada ham o‘ynay oladi.
Qayd etish joiz, ilgariroq, Tojikiston terma jamoasi a’zosi – Jahongir Aliyev “Nasaf”ga o‘tgani borasida xabarlar tarqalgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar