U-23 Osiyo chempionati chorak finalida Yaponiyani yirik hisobda mag‘lub etib, OCh yarim finaliga chiqqan O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi sardori Zabihillo O‘rinboyev O‘FF rasmiy saytiga intervyu berdi va g‘alaba uchun barchaga minnatdorchilik bildirdi.
“Ushbu g‘alaba orqali tarixni yangilay oldik. Ushbu turnirlar tarixidagi hozircha eng yaxshi natijani ko‘rsatdik. Albatta, bu borada bizni qo‘llab-quvvatlab turgan O‘FF rahbariyatiga va muxlislarga rahmat. Biz g‘alabalar bilan ularni xursand qilishga harakat qilamiz.
O‘FF rahbariyati bizni uchrashuvlardan oldin qo‘llab-quvvatlab turibdi. Bu albatta, bizga har bir uchrashuvdan oldin kuch beradi. Qolaversa, bugungi sovuqda stadionga kelib, bizni qo‘llab-quvvatlab turgan o‘zbekistonlik muxlislarga alohida rahmat.
Biz Yaponiyaga qarshi uchrashuvni juda yaxshi o‘tkazdik. Futbolchilar bor kuchlari bilan o‘ynashdi. Ushbu g‘alaba bilan barchani tabriklayman. Bugungi uchrashuvdan oldin O‘FF prezidenti Umid Ahmadjonovning terma jamoaga yo‘llagan murojaatnomasini o‘qib chiqdik va bundan albatta, xursand bo‘ldik. Bu e’tibor va ishonch bizga yanada mas’uliyat yuklaydi. Ushbu turnirda terma jamoaga bildirilgan ishonchni oqlash uchun harakat qilamiz”, - dedi O‘rinboyev.
Manba: www.the-uff.com “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar