
Britaniyalik jurnalist Pirs Morgan AQSh prezidenti Donald Trampga «Arsenal» futbolkasini sovg‘a qilib, klubni boshqarishni taklif etdi.
«Trampga «Arsenal»ni boshqarishni taklif qildim, chunki u tezda ishonchli himoya devorini barpo qildi, hujumkor falsafaga ega va sovrinlarni har qanday yo‘l bilan qo‘lga kiritishga intiladi», — deb yozdi «qurolsozlar»ning ashaddiy muxlisi Morgan.
Ayni paytda, «Arsenal»ni fransiyalik Arsen Venger boshqarib kelyapti. U londonliklarni 1996 yilda qo‘lga olgan edi va hozirgacha uch marta Premer-Ligada g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar