Ayni paytda Saudiya Arabistonidagi futbol o‘yinlarida hakamlik qilayotgan angliyalik Mark Klattenburg azonni eshitgan zahoti ibodat uchun o‘yinni to‘xtatdi. Bu haqda Daily Mail nashriga asoslanib, O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati ma’lum qilmoqda.
Qirol kubogi uchun o‘tkazilayotgan "Al-Feyx" va "Al-Fotih" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv paytida yaqin oradagi masjidlardan azon ovozi eshitilib qoladi. Bu paytda o‘yinning qo‘shimcha daqiqalari o‘tib borayotgan edi.
Angliyalik hakam hushtak chalib o‘yinni to‘xtatdi va saudiyaliklar uning bu qarorini gulduros qarsaklar bilan olqishlashdi.
"Al Feyx" yakunda 118-daqiqada urilgan gol evaziga 2:1 hisobi bilan g‘alaba qozonib, chorak finalga chiqdi.
42 yashar Mark Klattenburg avvallari Yevro-2016 va Chempionlar ligasi-2015/16 finallarida hakamlik qilgan. Angliya Premer ligasida 2004 yildan to o‘tgan yilning fevral oyiga qadar hakamlik qilib kelgan. O‘tgan yilning oxiridan boshlab Saudiya Arabistoni hakamlar qo‘mitasini boshqarib kelmoqda. Daily Mail nashri ma’lumotiga ko‘ra, u bu yerda yiliga 1 mln. yevro ishlab topadi. Xuddi shunday miqdordagi maoshni unga Xitoydan ham taklif qilishgan edi, ammo u Saudiya Arabistonini ma’qul ko‘rdi.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi