6 399
Shavkat Mirziyoyev: "Futbolchilarimiz korrupsiya bo‘lmasa, qanday natijalarga erishish mumkinligini isbotladi" (video)
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28 yanvar, yakshanba kuni Qashqadaryo viloyatida bo‘lib o‘tgan faollar yig‘ilishida futbol bo‘yicha O‘zbekiston U23 terma jamoasining Osiyo chempionatidagi muvaffaqiyatiga ham to‘xtalib o‘tdi, deb yozadi Daryo.
Hammasiga yangi Malibu topshirdim. Kuni kecha tabrik yo‘lladim. Bu nimadan dalolat? Kecha jang bo‘ldi. Kecha haqiqiy qahramonlik bo‘ldi. Millatimiz nimalarga qodir ekanligini ko‘rsatib qo‘yishdi.
Bilasizlarmi, o‘yin vaqti odamning yuragi shunday sanchib o‘tirdiki! Yigitlar o‘zini ayamay, «Menda Amir Temur qoni bor, men o‘zbekman!», deb shunday jasorat bilan g‘alaba qozondi.
Futbolni men o‘zim qo‘lga olganman. Ichini tozaladik. Yosh-yosh, tanish-bilish bo‘lmagan bolalarni saralab oldik. Bular — haqiqiy jaydari bolalar. Hech birining ortida odami ham yo‘q, hech kimi yo‘q. Bu jamoada qashqadaryoliklardan ham uch futbolchi bor.
Agar adolat bo‘lsa, korrupsiya bo‘lmasa, nima bo‘lishi mumkinligini kecha futbol ko‘rsatib qo‘ydi. Bu millatimizning g‘ururi. Hamma sohada shunday ishlasak, bilasizlarmi, shunday zo‘r kuchlarimiz bor.
Futbol — juda katta, ommabop o‘yin. Futbol — bizga ma’qul o‘yin. Biz bundan buyog‘i futbolga davlat miqyosida juda katta ahamiyat beramiz.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti
Eslatib o‘tamiz, futbol bo‘yicha O‘zbekiston U23 terma jamoasi 27 yanvar yanvar kuni Osiyo chempionati finalida Vetnam termasini qo‘shimcha vaqtda 2:1 hisobida mag‘lub etib, o‘z tarixida ilk bor Osiyo chempioni bo‘ldi.
O‘yin yakuniga yetishi bilan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘zbekistonlik chempion futbolchilarga tabrik yo‘lladi. Terma jamoa delegatsiyasini 28 yanvar oqshomida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)