12:23 / 30.01.2018
3 777

Emeri: Umid qilamanki, mening boshqaruvimdagi «PSJ» YeChLni yutadi

Emeri: Umid qilamanki, mening boshqaruvimdagi «PSJ» YeChLni yutadi
«PSJ» klubi bosh murabbiyi Unai Emeri YeChL 1/8 finali doirasida «Real»ga qarshi o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashar ekan, parijliklar klubi ertami-kech Yevropaning eng nufuzli turnirida g‘olib bo‘la olishiga ishonishini aytdi.

«Ayni damda biz o‘tgan yilgidan ko‘ra yaxshiroq tayyorgarikka egamiz. Bu klub YeChLni yutadi va umid qilamanki, bu aynan mening boshqaruvim ostida bo‘ladi.

Biz dunyoning eng kuchli jamoasiga qarshi to‘p suramiz. «Real» so‘nggi to‘rt yil ichida uch bor Chempionlar ligasida g‘olib bo‘ldi. Ular kuchli futbol namoyish qiladilar, ammo biz bunga tayyormiz», - deydi Emeri.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Emeri: Umid qilamanki, mening boshqaruvimdagi «PSJ» YeChLni yutadi