
Hindistonda boks bo‘yicha “India Open” xalqaro turniri bahslari davom etmoqda.
75 kg vazn toifasida ringga ko‘tarilgan iste’dodli bokschimiz Isroil Madrimov hindistonlik Deno Feroja bilan kuch sinashib, jangni ikkinchi raunddayoq tamomlashga erishdi va keyingi davraga yo‘l oldi.
Shuningdek, 91 kilogrammgacha bo‘lgan bokschilar qarama-qarshiligida yosh bokschimiz Sanjar Tursunov kamerunlik Kristian Ndziye Soyega qarshi ringga ko‘tarildi. Qiziqarli kechgan jang yakunida, hakamlar hamyurtimizning g‘alabasini e’tirof etishdi.
Afsuski, eng yengil vaznli bokschilar o‘rtasida kechgan to‘qnashuvda (46-49 kg) Mironshoh Ibragimov ilk uchrashuvni filippinlik Ramel Magadoga qarshi o‘tkazib, imkoniyatni boy berib qo‘ydi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar