
Futbolchilar transferlari haqida ma’lumot beruvchi «Transfermarkt.de» portali terma jamoalar va futbolchilarning narxlari haqidagi ma’lumotlarni yangiladi. «Xabar.uz» Sharqiy Yevropa va MDH mamlakatlari terma jamoalarining narxlarini solishtirib ko‘rdi.
Rossiya — 158 million yevro
Rossiya terma jamoasining eng qimmat futbolchisi asli braziliyalik bo‘lgan Mario Fernandes Figeyra — 16 million.
Ukraina — 77,95 million yevro
Ukraina termasi deyarli 78 million yevro turadi. Jamoaning eng qimmat futbolchisi esa Andrey Yarmolenko — 25 million.
Armaniston — 42,78 million yevro
Armaniston termasining narxi 42 milliondan oshadi. Eng qimmat o‘yinchi Genrix Mxitaryan — 35 million yevro turadi.
Gruziya — 28,33 million yevro
Gruziya termasida eng qimmat futbolchi Valeriy Kazaishvili bo‘lib, uning narxi 2,5 million yevroga teng.
Qozog‘iston — 21,95 million yevro
Qozog‘iston termasidagi eng qimmat futbolchi Baurjan Islamxan hisoblanadi — 2 million yevro.
Belorussiya — 13,70 million yevro
Belorussiyaning eng qimmat futbolchisi Maksim Volodkoning narxi — 1,2 million yevro.
O‘zbekiston — 12,65 million yevro
O‘zbekiston terma jamoasining eng qimmat futbolchisi Odil Ahmedov 5,5 million yevro turadi. Uning narxiga birvarakayiga butun boshli Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston terma jamoalarini sotib olish mumkin.
Moldaviya — 10,23 million yevro
Moldaviya termasining narxi 10 million yevrodan oshadi. Eng qimmat o‘yinchi esa Aleksandru Yepuryanu — 3,75 million yevro.
Ozarbayjon — 9,55 million yevro
Ushbu terma jamoada eng qimmat futbolchi asli braziliyalik Richard Almeyda bo‘lib, uning narxi 1,5 million.
Litva — 8,88 million yevro
Litva — Boltiqbo‘yidagi eng qimmat terma jamoa. Jamoaning eng qimmat futbolchisi esa Fedor Chernix — 1,35 million yevro.
Latviya — 5,88 million yevro
Latviya termasida eng qimmat futbolchilar Davis Ikauniyeks va Kaspars Dubra —700 ming yevrodan.
Estoniya — 4,83 million yevro
Estoniya — Boltiqbo‘yidagi eng arzon terma jamoa. Tarkibdagi eng qimmat futbolchi Rauno Sappinen — 550 ming yevro.
Tojikiston — 1,75 million yevro
Tojikistonning eng qimmat o‘yinchilari Farhod Vosiyev, Davron Ergashev va Parviz Umarboyev bo‘lib, har biri 300 ming yevrodan baholanadi.
Qirg‘iziston — 1,53 million yevro
Qirg‘izistonning eng qimmat o‘yinchisi narxi 500 ming yevro bo‘lib, u Valeriy Kichin.
Turkmaniston — 1,18 million yevro
Butun boshli jamoaning narxi 1 million yevrodan salgina oshadi, eng qimmat o‘yinchi Ruslan Mingazov esa 700 ming yevro turadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar