"Manchester Yunayted" safidagi o‘yinlari bilan dunyoga tanilgan Andrey Kanchelskis bir necha kun oldin Toshkentga tashrif buyurdi.
U aviahalokatda hayotdan ko‘z yumgan futbolchilarning oilasiga yordam beruvchi xayriya jamg‘armasi a’zosi sifatida poytaxtimizga kelgani aytilmoqda.
"Paxtakor" matbuot xizmati Andrey Antanasovichning Toshkentga tashrifidan maqsadlari bilan qiziqdi.
- Bizda aviahalokatda hayot bilan vidolashgan futbolchilar oilalariga ko‘mak beruvchi loyiha bor. Uning vakili sifatida bu yerga keldim. Toshkentga oxirgi marta Sobiq Ittifoq davrida "Paxtakor"ga qarshi o‘ynaganimizda kelgandik. Men yana sport tibbiyoti jihozlari bilan shug‘ullanuvchi «Zepter» kompaniyasi yuzi hisoblanaman. Jarohatdan keyin tiklanishga yordam beruvchi jihozni tanishtirish uchun ham keldim.
Jahon futboli aviahalokatdan jabr ko‘rgan o‘ndan ortiq klublarni xotirlab keladi. Ishimizni Toshkentdan boshlashni xohlaymiz. 1979 yilgi fojiada "Paxtakor"ning 17 nafar a’zosi halok bo‘lganini bilamiz. Bu borada O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan muzokara o‘tkazdik.
Bir vaqtning o‘zida «Manchester Yunayted» va «Torino» klublari bilan suhbatga kirishganmiz. Futbol uchrashuvlari tashkil etishni rejalashtiryapmiz. O‘yindan kelib tushgan mablag‘ marhumlarning oilalariga yordam uchun beriladi. FIFA elchisi sifatida bunday o‘yinlarga ko‘proq mashhur futbolchilarni jalb qilishga intilaman, - dedi Kanchelskis. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi