
Bugun Hindistondagi “India Open” turnirida ishtirok etayotgan bokschilarimiz finalda o‘z janglarini o‘tkazadilar.
Finalgacha yetti nafar bokschimiz yetib kelgani haqida kecha xabar bergan edik. Musobaqaning yarim finalida sportchilarimizga Kuba, Filippin hamda hindistonlik bokschilar raqiblik qildi. Xudoynazar Fayzov, Abdulhay Shorahmatov, Iqboljon Xoldorov, Bobousmon Boturov, Isroil Madrimov, Sanjar Tursunov va Bahodir Jalolov bugun finalda yurtimiz sharafini himoya qiladi.
Milliy olimpiya qo‘mitasi bokschilarimizning finaldagi raqiblari haqida ma’lum qildi.[h1][/h1]
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing