14:40 / 04.02.2018
4 261

Rossiyalik bokschi Murat Gassiyev ikkita chempionlik unvonini qo‘lga kiritdi (video)

Rossiyalik bokschi Murat Gassiyev ikkita chempionlik unvonini qo‘lga kiritdi (video)
Rossiyalik bokschi Murat Gassiyev Butunjahon boks superseriyasining (WBSS) yarimfinalida kubalik Yuniyer Dortikosni mag‘lub etdi.

Sochida o‘tgan jang Gassiyevning 12-raundda raqibini nokautga uchratishi bilan yakunlandi. Dortikos oxirgi 3 daqiqalikda ikki marta nokdaun holatiga tushgan, shundan keyin rossiyalik o‘z raqibiga imkoniyat qoldirmagan.

Bu g‘alaba 24 yoshli Gassiyev uchun faoliyatidagi 26-g‘alaba bo‘ldi, bokschi hali biror marta mag‘lubiyatga uchramagan. Bungacha yutqazmagan 31 yoshli Dortikos 22 ta g‘alabadan keyin birinchi marta mag‘lubiyat alamini tortdi.

Gassiyev shu g‘alabasi evaziga WBA va IBF versiyalari bo‘yicha chempionlik unvonlarini o‘zida birlashtirdi. Bokschi WBSS finalida ukrainalik Aleksandr Usik bilan uchrashadi. Usik 2-yarimfinalda latviyalik Mayris Briyedisni mag‘lubiyatga uchrata oldi. Final jangi 11 may kuni Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Rossiyalik bokschi Murat Gassiyev ikkita chempionlik unvonini qo‘lga kiritdi (video)