11:41 / 06.02.2018
4 576

Jahon chempionati kubogi Toshkentga keldi

Jahon chempionati kubogi Toshkentga keldi
Avvalroq saytimizda jahon chempionati kubogi Toshkentga olib kelinishi haqida xabar bergan edik. Ayni daqiqalarda kubok poytaxtimizga yetib keldi.

Aytish kerakki, bu tarixiy hodisa bo‘lib, shu paytga qadar kubok yurtimizga olib kelinmagan. Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida kubokni O‘FA 1-vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov boshchiligidagi delegatsiya a’zolari kutib olishdi.

Futbol bo‘yicha jahon chempionati kubogini butun dunyo mamlakatlari bo‘ylab olib yurilishi ilk marta 2006 yilda Germaniyada bo‘lib o‘tgan JChdan oldin bo‘lib o‘tgandi.

Bu safar JCh Kubogi 221 kun davomida 90ta shahar bo‘ylab olib o‘tiladi. JCh Kubogi mazkur turne doirasida jami 149 576 78 km masofani bosib o‘tadi. Turne davomida butun dunyo bo‘ylab jami 800 000 dan ortiqroq odamlar JCh kubogi bilan birga suratga tushish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Jahon chempionati bo‘lib o‘tadigan mamlakat Rossiyada JCh Kubogining turnesi jami 123 kun davom etib, Rossiyaning 24ta shahrini kezib chiqadi va 26 000 km masofani bosib o‘tadi.

Ushbu turne ikki qismdan iborat bo‘ladi. 2017 yil bo‘lib o‘tgan turda JCh Kubogi 15ta shaharda bo‘ldi. 2018 yilning may oyidan boshlanadigan ikkinchi turda JCh Kubogi Rossiyaning 9ta shahri bo‘ylab o‘tadi va oxirida Moskva shahriga olib kelinadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Jahon chempionati kubogi Toshkentga keldi