Futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionati chorak finalida Vetnamga qarshi bahs olib borishi haqida xabar berilgandi. Bugun, 7 fevral kuni 1/4 final bellashuvi oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Bahodir Ahmedov bo‘lajak bellashuv oldidan quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi.
“Avvalo, chorak finalga qadar yetib kelgan jamoalarni tabriklayman. Vetnam shakllangan jamoaga ega ekanini, yaxshi o‘ynashini bilaman. Bo‘lajak raqib bilan Turkmanistonda Yopiq inshootlardagi Osiyo o‘yinlarida bahslashganmiz. O‘shanda ham chorak finalda ro‘baro kelib, 2:0 hisobida g‘alaba qozonganmiz.
Ertangi o‘yinga a’lo darajada tayyorlanib, maydonda bor kuchimizni beramiz. Yillar davomida to‘plangan tajriba bizga ko‘mak beradi. Biroq, oldingi o‘yinlar tarixda qoldi, hozir yangi o‘yinlar haqida o‘ylash kerak”, – dedi Bahodir Ahmedov.
Vetnam terma jamoasi bosh murabbiyi Migel Rodrigo ham O‘zbekistonga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“O‘zbekiston terma jamoasi Osiyoning kuchli jamoalaridan biri sanaladi. Jamoa 2010 yildan buyon sovrinli o‘rinlarni egallab kelmoqda. Raqibning yillar davomida to‘plagan ushbu tajribasi ularga ustunlik beradi. Biz himoyani mustahkam ushlashimiz lozim. Bo‘lajak o‘yinda hech kimga oson bo‘lmaydi”, – dedi Migel Rodrigo. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar