
Xabaringiz bor, 28 yanvar - 1 fevral kunlari Hindistonning Nyu-Deli shahrida boks bo‘yicha xalqaro turnir o‘tkazildi.
Ushbu musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi bokschilari 5ta oltin, 2ta kumush medalini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallagandilar.
«Olamsport» nashrining ma’lum qilishicha, musobaqada ishtirok etgan bokschi va murabbiylar 25 milliondan 12 million so‘mgacha pul mablag‘lari bilan mukofotlangan.
Xabarda qaysi sportchi qancha pul mukofoti olgani aniq e’lon qilinmagan.
Eslatib o‘tamiz, mazkur turnirda Bobousmon Boturov, Isroil Madrimov, Xudoynazar Fayzov, Abdulhay Shorahmatov va Bahodir Jalolov oltin medal sohibiga aylangandilar. Sanjar Tursunov va Iqboljon Xoldorovlar finalgacha yetib borib, kumush medal bilan kifoyalangandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar