“Uzbek Tigers” jamoasi hozirgina Butunjahon boks seriyalari (WSB) VIII mavsumidagi ilk uchrashuvida Kubaning “Cuba Domadores” bokschilari bilan kuch sinashdi.
Ushbu bellashuvlarda S2 jamoasi bokschilari o‘zaro to‘qnash kelishdi. Unda 52 kg, 60 kg, 69 kg, 81 kg, +91 kg vaznli charm qo‘lqop ustalari kuch sinashdi.
Dastlab 52kg vaznli bokschilar bellashuvlarni boshlab berdi. Unda Yosbani Veita hamyurtimiz Xudoynazar Fayzov bilan kuch sinashib, jang yakuniga ko‘ra, 50:44, 50:46, 50:45 hisoblarida imkoniyatni boy berdi.
Ikkinchi jangda (60kg) ham kubalik bokschining qo‘li baland kelib, Estrada Alvares Shunqor Abdurasulovga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. 50:42, 50:43, 50:42.
69kg vaznli bokschilar to‘qnashuvida Roniel Iglesias Mahmud Gaipovdan 3:0 hisobida ustun keldi.
>>>
81kg: Xulio La Kruz – Madiyar Saydraximov;
+91kg: Xose Gomes Larduyet – Bahodir Jalolov;
Eslatib o‘tamiz, musobaqaning birinchi hafta uchrashuvlarida “Cuba Domadores” o‘z maydonida “Colombia Heroicos” jamoasini 5:0 hisobida mag‘lub qilgan.
"Uzbek Tigers" jamoasi 27 fevral kuni Kuba va 1 mart Kolumbiya jamoalariga qarshi kechadigan uy uchrashuvlarini Termiz shahrida o‘tkazadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi