19:49 / 12.02.2018
4 149

"Al Vahda" bosh murabbiyi: "Sharmandali mag‘lubiyatni qabul qilib oldik"

"Ал Ваҳда" бош мураббийи: "Шармандали мағлубиятни қабул қилиб олдик"
OChL 1-turidan o‘rin olgan "Lokomotiv" - "Al Vahda" uchrashuvidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida mehmonlar ustozi ishtirok etdi.
Uchrashuvni 0:5 hisobidagi mag‘lubiyat bilan tugatdik. Buni sharmandali mag‘lubiyat deya olaman. Birinchi bo‘lim teng bo‘ldi, ammo bir nechta kutilmagan gollar o‘tkazib yubordik. Umid qilamanki, keyingi o‘yinlarda bu xatolarni takrorlamaymiz va ijobiy natijaga erishamiz.

- Bugun ikkinchi darvozabonni tushirdingiz. OChL sizlar uchun muhim musobaqa emasmi?
- Har bir musobaqa biz uchun muhim. Hali oldinda 5 ta o‘yin bor. Faqat bugungi o‘yin bilan xulosa qilmanglar. Bu yerga yetakchi o‘yinchilar kela olishmagani ham ta’sir qildi. Menda birinchi yoki ikkinchi darvozabon degan tushuncha yo‘q. Shunchaki bugun omadimiz kelmadi. Ikkala darvozabon ham men uchun bir xil.

- Keyingi o‘yinga qadar oz vaqt bor...
- Jamoamiz 15ta o‘yinda yutqazmadi, o‘sha o‘yinlarda kam zarba bergandik. Futbolchilarimni tanqid qilmoqchi emasman. "Lokomotiv"ni g‘alaba bilan tabriklayman.

- "Al Vahda" futbolchilarida jismoniy holati past edimi?

- Bu fikrga qo‘shila olmayman. Birinchi taymda teng o‘ynadik. Shunchaki kutilmagan gollar o‘tkazdik. Xatto o‘z darvozamizga gol ham urib qo‘ydik.

- 10, 22 va 70 raqamdagi o‘yinchilar bizningcha yaxshi o‘ynashdi. Sizning fikringiz qanday?

- Balki ular boshqalardan ko‘ra yaxshiroq o‘ynashgandir. Ammo 0:5 hisobida yutqazgan o‘yinda qaysidir futbolchini yaxshi o‘ynadi deb aytish qiyin. Keyingi uchrashuvda barcha o‘yinchilarimiz yaxshi o‘ynashlariga umid qilaman.

Manba: championat.asia

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Al Vahda" bosh murabbiyi: "Sharmandali mag‘lubiyatni qabul qilib oldik"