Shu yilning 23 yanvar kuni O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti va O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse prezidenti Umid Ahmadjonov Parijda Fransiya futbol federatsiyasi mutassaddilari bilan uchrashib,yurtimizda futbolni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik qilish borasida kelishuvga erishgandi.
Jumladan, Fransiya futbol federatsiyasi prezidenti mahkamasi boshlig‘i Janob Kenni Jan Mari uchrashuv davomida bolalar futboli bo‘yicha fransiyalik mutaxassislarni O‘zbekistonga olib kelish, yurtimizdagi yosh futbolchilarni Fransiya jamoalariga jalb qilish, superligada ishtirok etadigan jamoalarning saviyasini oshirish, ularning ish faoliyatini Yevropa andozalari asosida yo‘lga qo‘yish maqsadida klublar bosh direktorlari va akademiyalar rahbarlarini Parijga malaka oshirish va tajriba o‘rganishga yuborish masalalari muhokama qilingandi.
O‘FA xabariga ko‘ra shu yilning 14 mart kuni Fransiya futbol federatsiyasi vakillari janob Kenni Jan Mari va Lyudovik Debryu yurtimizga tashrif buyurishadi. Ular superliga klublarining marketing bo‘yicha mutaxassislari ishtirokidagi seminarlarida o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, klublarimizning marketing bo‘yicha faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishga yordam berishadi. Shuningdek, bolalar futboli murabbiylari va seleksionerlar ishi bilan yaqindan tanishib, ularga amaliy maslahatlar berishi ko‘zda tutilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»