Toshkentning «Bunyodkor» jamoasi BAA yig‘ini doirasidagi ikkinchi nazorat uchrashuvini o‘tkazdi. Raqib jamoa Xitoyning eng mashhur klublaridan biri - «Shandun Lunen» klubi bo‘ldi.
Toshkent klubi rasmiy sayti xabariga ko‘ra, Feliks Magat boshqaruvidagi jamoaga qarshi bahsda «qaldirg‘ochlar» katta ustunlikka ega bo‘lishdi va buni yakunda qayd etilgan hisobda ham isbotlay olishdi - 4:0.
Filip Rayevats (2ta), Shahzodbek Nurmatov va Artyom Gabelok tomonidan kiritilgan gollar «Bunyodkor»ga yirik hisobdagi g‘alabani taqdim etdi.
Eslatib o‘tamiz, bungacha, 11 fevral kuni Mirjalol Qosimov boshchiligidagi «qaldirg‘ochlar» Xitoyning «Chunsin Lifan» klubi bilan kuch sinashib, 0:0 hisobidagi durang natija qayd etishgan edi.
«BUNYoDKOR» - «ShANDUN LUNEN» 4:0 (2:0)
Gollar: Filip Rayevats 3 (1:0), Filip Rayevats 39 (2:0), Shahzodbek Nurmatov 82 (3:0), Artyom Gabelok 83 (4:0) “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...