O‘zbekiston FIFA reytingida yana 5 pog‘ona yuqoriladi

FIFA reytingining yangilangan ro‘yxati e’lon qilindi, deb ma’lum qildi Xabar nashri.
Unga ko‘ra O‘zbekiston terma jamoasi jadvalda keskin ko‘tarildi — o‘tgan oyga nisbatan 5 pog‘ona yuqorilab, 72-o‘rindan joy oldi. Yodingizda bo‘lsa, terma jamoamiz o‘tgan oyda ham bir pog‘ona ko‘tarilishga muvaffaq bo‘lgan edi.
O‘zbekiston termasi Osiyo qit’asidagi o‘rnini yaxshilab oldi va 7-pog‘onada qayd etildi. Qit’amizda hamon Eron terma jamoasi peshqadamlik qilmoqda. Undan keyingi o‘rinlarni Avstraliya, Yaponiya, Janubiy Koreya terma jamoalari egallagan.

Reytingning kuchli o‘nligi yana hech qanday o‘zgarishsiz qoldi — unda hamon Germaniya terma jamoasi karvonboshilik qilmoqda. Nemislardan keyingi o‘rinni Braziliya band etgan bo‘lsa, Yevropaning amaldagi chempioni Portugaliya kuchli uchlikka yakun yasagan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Unga ko‘ra O‘zbekiston terma jamoasi jadvalda keskin ko‘tarildi — o‘tgan oyga nisbatan 5 pog‘ona yuqorilab, 72-o‘rindan joy oldi. Yodingizda bo‘lsa, terma jamoamiz o‘tgan oyda ham bir pog‘ona ko‘tarilishga muvaffaq bo‘lgan edi.
O‘zbekiston termasi Osiyo qit’asidagi o‘rnini yaxshilab oldi va 7-pog‘onada qayd etildi. Qit’amizda hamon Eron terma jamoasi peshqadamlik qilmoqda. Undan keyingi o‘rinlarni Avstraliya, Yaponiya, Janubiy Koreya terma jamoalari egallagan.

Foto: «FIFA.COM»
Reytingning kuchli o‘nligi yana hech qanday o‘zgarishsiz qoldi — unda hamon Germaniya terma jamoasi karvonboshilik qilmoqda. Nemislardan keyingi o‘rinni Braziliya band etgan bo‘lsa, Yevropaning amaldagi chempioni Portugaliya kuchli uchlikka yakun yasagan.

Foto: «FIFA.COM»
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…