
13-15 fevral kunlari Osiyo Chempionlar ligasida 1-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Toshkentning “Lokomotiv” klubi ilk turda BAAning “Al Vaxda” klubini qabul qildi va 5:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Qarshining “Nasaf” jamoasi esa Eronda “Persepolis” klubi mehmoni bo‘lib, 0:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
OFK esa 1-tur ramziy terma jamoasini tuzib chiqdi. E’tiborlisi, “Lokomotiv” darvozaboni Ignatiy Nesterov mazkur razmiy termadan o‘rin oldi.

OChL 1-tur ramziy terma jamoasi
Darvozabon: Ignatiy Nesterov (“Lokomotiv”, O‘zbekiston)
Himoyachilar: Jang Li Peng (“Guanjou Evergrand”, Xitoy), Uilyams (“Melburn Viktori”, Avstraliya), Le Jun Su (“Suvon Samsung”, Janubiy Koreya), Mi Xaolun (“Tyanszin Syuanszyan”, Xitoy)
Yarim himoyachilar: Orsich (“Ulsan Xyonday”, Janubiy Koreya), Budiaf (“Al Duxail”, Qatar), Rikardo Gulart (“Guanjou Evergrand”, Xitoy), Jorj (“Melburn Viktori”, Avstraliya)
Hujumchilar: Damyanovich (“Suvon Samsung”, Janubiy Koreya), Alipur (“Persepolis”, Eron). “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar