
Kecha Gretsiya birinchi ligasida 17-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekistonlik hujumchi Timur Ayupov to‘p tepayotgan "Panaigialios" klubi safarda "Veriya" mehmoni bo‘ldi. Gretsiyadagi dastlabki uchrashuvida maydonga tushgan Ayupov 2-daqiqadayoq gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Biroq yakunda jamoasi 1:3 hisobida yutqazdi. Hamyurtimiz o‘yinda to‘liq harakat qildi. Ayni paytda "Panaigialios" klubi chempionatda 16-o‘rinda bormoqda. Klub keyingi uchrashuvni 25 fevral kuni o‘z uyida "Sparta" jamoasiga qarshi o‘tkazadi.
"Veriya" - "Panaigialios" 3:1
Gollar: Damianakis 30, Blestas 59, Bastianos 73 - Timur Ayupov 2

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar