
Professional ringda muvaffaqiyatli faoliyat olib borayotgan va mag‘lubiyatsiz seriyalarini davom ettirayotgan Shohjahon Ergashev (12-0, KO12) o‘zining navbatdagi jangini ham AQShda o‘tkazadi.
28 aprel kuniga belgilangan jang Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tadi. Biroq hozircha mazkur to‘qnashuvda unga kim raqib bo‘lishi noma’lum.
Eslatib o‘tamiz, 13 fevral kuni bokschimiz AQShning Detroyt shahriga yangi jangga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida yo‘l olgan edi.
U so‘nggi marta joriy yilning 12 yanvar kuni ringga ko‘tarilib, yengilmas amerikalik Soni Fredriksonni (19-1-0, KO12) texnik nokautga uchragan. Mazkur g‘alabadan so‘ng Butunjahon boks uyushmasi (WBA)ning reytingida 12-pog‘onaga ko‘tarilib olishga muvaffaq bo‘ldi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar