Qozog‘iston sport vaziri Aristanbek Muxamediuli mamlakat futbolini xorijiy futbolchilardan “tozalamoqchiligini” ma’lum qildi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.
“Joriy yilda Qozog‘istonda faqatgina mahalliy futbolchilar futbol o‘ynashlari masalasi qo‘yilib, ko‘rib chiqiladi. Bu barcha viloyatlar terma jamoalariga taalluqli bo‘ladi. Bundan tashqari, biz viloyatlar rahbarlariga barcha maktablarda boshlang‘ich sinflardan yosh futbolchilar bilan mashg‘ulotlar o‘tkazishni yo‘lga qo‘yishda yordam berishni taklif qilmoqdamiz”, deb aytgan vazir.
Transfermarkt sayti ma’lumotlariga ko‘ra, Qozog‘iston chempionatining 12 klubida to‘p suruvchi 317 nafar futbolchidan 97 nafari xorijliklardir. Qozog‘iston milliy terma jamoasi yanvar holatiga ko‘ra, FIFA reytingida Markaziy Osiyodagi barcha qo‘shni davlatlar terma jamoalaridan ortda qolib, 136-o‘rinni egallamoqda.
Ta’kidlash joizki, Qozog‘istonda sportchilarni naturalashtirish (fuqarolik berish) faol tarzda olib boriladi. Jumladan, mamlakatning xokkey terma jamoasiga Ostonaning “Baris” xokkey klubida o‘ynovchi kanadalik va rossiyalik o‘yinchilar jalb qilinadi. Misol uchun, yanvarda shvetsiyalik darvozabon Xenrik Karlsson Qozog‘iston fuqaroligini olgan.
Xususan, Pyongchangdagi Olimpiadada short-trek bo‘yicha bahslarda Qozog‘iston sharafini kelib chiqishi janubiy koreyalik Kim Yong A himoya qildi.
Biroq joriy yil fevralda Keniya yengil atletika federatsiyasi Qozog‘iston pasportini olgan keniyalik yuguruvchilarni javobgarlikka tortishini ma’lum qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?