
Uch karra jahon chempioni Pele Braziliya terma jamoasining JCH-2018 musobaqasidagi imkoniyatlari borasida fikr bildirdi.
– Braziliya har safar sovrinlar uchun kurashadi. Biroq so‘nggi mundiallarda bizga tayyorgarlik ko‘rish uchun vaqt yetishmagandi. Ko‘plab braziliyalik o‘yinchilar xorijda to‘p suradilar.
Bunday holatda birgalikdagi o‘yin amaliyoti borasida murabbiyning vazifasi og‘irlashadi. Moslashish jaryoni juda muhim, to‘g‘ridan-to‘g‘ri: “Jamoa mana shunday bo‘ladi”, - deyish noo‘rin. Ammo individual jihatdan olib qaraydigan bo‘lsak braziliyaliklarga yetadigani yo‘q, bunga shak-shubha yo‘q.
– Braziliya – favoritmi?
– Har diom! Agar jamoada tayyorgarlik uchun yetarli vaqt bo‘lsa, ular JCH-2018ga g‘oliblik uchun kurashishga tayyor holda boradilar.
– Yana qaysi terma jamoalar e’tiborga loyiq?
– Odatda, Germaniya termasiga har doim hurmat bilan qarash kerak. Men yana Rossiyani qo‘shgan bo‘lardim, ularda kuchli jamoa bor va ular o‘z maydonida harakat qiladi.
Janubiy Amerika haqida gap ketadigan bo‘lsa, u holda Argentinani tilga olmasdan iloj yo‘q.
Manba: www.uff.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar