Janubiy Koreyaning Pyongchang shahrida bo‘lib o‘tgan Qishki olimpiada o‘yinlari nihoyasiga yetdi. 16 kun davom etgan musobaqaning so‘nggi kunida to‘rtta komplekt medallar o‘ynaldi.
Kyorling bo‘yicha ayollar o‘rtasida Shvetsiya terma jamoasi bosh sovrinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Bobsley to‘rtligida Germaniyaga teng keladigan raqib topilmadi. Hokkey bo‘yicha Rossiyalik olimpiyachi atletlar terma jamoasi Germaniyani yutib bosh sovrinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, norvegiyalik Marit Byorgen chang‘i poygalarida o‘tkazilgan 30 km masofaga mass-startda g‘alaba qozondi.
Marit bu orqali olimpiadalardagi o‘zining 8-oltin medalini qo‘lga kiritdi. Shu bilan birga 37 yoshli sportchi Norvegiya terma jamoasining yakunda umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallashini ta’minladi. Skandinaviya yurti vakillari 14ta oltin, 14ta kumush va 11 bronza medallari bilan jami 39ta medalni qo‘lga kiritishdi va medallar soni bo‘yicha ham olimpiada rekordini o‘rnatishdi.
Olimpiada-2018
Pyongchang, Janubiy Koreya
25 fevral kuni o‘ynalgan barcha medallar
Kyorling
Ayollar
Final
1. Shvetsiya
2. Janubiy Koreya
3. Yaponiya
Bobsley
Erkaklar
To‘rtlik
1. Germaniya
2. Germaniya
2. Janubiy Koreya
Hokkey
Erkaklar
Final
1. Rossiya
2. Germaniya
3. Kanada
Chang‘i poygalari
Ayollar
Mass-start, 30 km
1. Marit Byorgen (Norvegiya)
2. Krista Parmakoski (Finlyandiya)
3. Stina Nilsson (Shvetsiya)
Umumjamoa hisobida medallar jamg‘armasi (oltin, kumush, bronza, jami)
To‘liq ro‘yxat
1. Norvegiya – 14-14-11 (39)
2. Germaniya – 14-10-7 (31)
3. Kanada – 11-8-10 (31)
4. AQSH – 9-8-6 (23)
5. Niderlandiya – 8-6-6 (20)
6. Shvetsiya – 7-6-1 (14)
7. Janubiy Koreya – 5-8-4 (17)
8. Shveysariya – 5-6-4 (15)
9. Fransiya – 5-4-6 (15)
10. Avstriya – 5-3-6 (14)
11. Yaponiya – 4-5-4 (12)
12. Italiya – 3-2-5 (10)
13. Rossiyalik olimpiyachi atletlar – 2-6-9 (17)
14. Chexiya – 2-2-3 (7)
15. Belarus – 2-1-0 (3)
16. Xitoy – 1-6-2 (9)
17. Slovakiya – 1-2-0 (3)
18. Finlyandiya – 1-1-4 (6)
19. Buyuk Britaniya – 1-0-4 (5)
20. Polsha – 1-0-1 (2)
21. Vengriya – 1-0-0 (1)
22. Ukraina – 1-0-0 (1)
23. Avstraliya – 0-2-1 (3)
24. Sloveniya – 0-1-1 (2)
25. Belgiya – 0-1-0 (1)
26-27. Ispaniya – 0-0-2 (2)
26-27. Yangi Zelandiya – 0-0-2 (2)
28-30. Latviya – 0-0-1 (1)
28-30. Qozog‘iston – 0-0-1 (1)
28-30. Lixtenshteyn – 0-0-1 (1)
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi