Shunqor Abdurasulovning jangi oxirigacha davom etmadi

Shunqor Abdurasulovning jangi oxirigacha davom etmadi
WSB seriyasiga kiruvchi musobaqada ishtirok etayotgan “Uzbek Tigers” va “Colombia Heroicos” jamoalari o‘rtasidagi boks kechasining navbatdagi jangi bo‘lib o‘tdi.

-60 kg vazn toifasida ringga ko‘tarilgan Shunqor Abdurasulov “Colombia Heroicos” vakili Duvan Zuletaga qarshi ringga ko‘tarildi.

Jang mobaynida kolumbiyalik bokschining qoshi yorildi. Shifokorlar unga jangni davom ettirishga ruxsat berishdi, ammo keyinroq, 4-raundda Zuletaning murabbiylari oq sochiq ko‘tarib, mag‘lubiyatni tan olishdi va Shunqor Abdurasulov texnik nokaut bilan g‘alaba qozondi.
Shunqor Abdurasulovning jangi oxirigacha davom etmadi
Ushbu jangdan so‘ng “Uzbek Tigers” - “Colombia Heroicos” jamoalari o‘rtasidagi hisob tenglashdi - 1:1.

Navbatdagi jangda -69 kg vazn toifasi vakili Mahmud G‘oipov Aleksander Rangelga qarshi ringga chiqadi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar