23:50 / 02.03.2018
4 231

Uzbek Tigers endi Kolumbiyaga safar etadi

Uzbek Tigers endi Kolumbiyaga safar etadi
WSB boks musobaqasining Toshkentda kechgan ketma-ket ikki turini g‘alaba bilan yakunlagan Uzbek Tigers 23 mart kuni Kolumbiya ringlarida ko‘rinish beradi.

O‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustalari WSB’ning 2018 yilgi mavsumini Kubada boshlab, Cuba Domadores klubidan 0:5 hisobida yengilgandi. Keyin esa kubaliklar Toshkentda mag‘lub etildi — 4:1.

3-turda Kolumbiyaning Colombia Heroicos jamoasi ham 4:1 hisobida taslim qilingandi. Endi C2 bokschilar, ya’ni Toshkentda ringga chiqmagan qolgan 5 ta vazn toifasi vakillari Kolumbiyada jang qiladi.

Turnir jadvalida Kuba va O‘zbekiston jamoalari 6 tadan ochko bilan peshqadam bo‘lib turibdi. Venesuela hamda Kolumbiya jamoalari keyingi o‘rinlardan joy olgan. WSB doirasida o‘zbekistonliklar hozircha jami 15 ta jang o‘tkazgan bo‘lib, shularning 8 tasida zafar quchgan va 7 tasida imkoniyat boy berilgan. Kubada esa 11 ta g‘alaba va 4 ta mag‘lubiyat.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Uzbek Tigers endi Kolumbiyaga safar etadi