
Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi va “Uzbek Tigers” jamoasi sobiq a’zosi Murodjon Axmadaliyev havaskorlar boksini tark etib, professional ringda faoliyatini boshlashga qaror qilganidan xabaringiz bor.
Shu maqsadda u 2016 yilgi Olimpiya o‘yinlari sovrindori bo‘lgan bokschimiz shu maqsadda okeanortiga – Nyu-Yorkka (AQSH) yo‘l olgan edi.
Bokschimiz professional ringdagi ilk jangini 10 mart kuni Nyu-Yorkdagi “Kings Theater” arenasida o‘tkazadi. Bunda unga argentinalik David Paz (4-4-1) raqiblik qiladi.
Bundan avval u Andrey Ryabinskiy rahbarlik qilayotgan “Mir boksa” promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzoladi.
Shu kuni Olimpiada-2016 kumush medali sohibi Shahram G‘iyosov ham o‘zining professional boksdagi debyut jangini o‘tkazadi. Hozircha uning raqibi ma’lum emas. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar