Avval xabar berganimizdek, 12-yanvar kuni Nyu-York shahrida yengilmas professional bokschimiz Shohjahon Ergashev (12-0, KO 12) o‘zining co‘nggi jangini amerikalik Soni Fredriksonga (19-1-0, KO12) qarshi o‘tkazib, raqibini nokautga uchratgan va Jahon boks uyushmasi (WBA)ning yengil vazn toifasidagi reytingida yuqorilab, 12 o‘ringa chiqib olgan edi.
WBA bugun yangi reytingini e’lon qildi. Unga ko‘ra tajribali bokschimiz bir pog‘ona yuqorilab dunyoning 11 raqamli bokschisiga aylandi.
“Reytingda yana bir bor yuqorilaganimdan xursandman. Men chempionlik uchun yana bir qadam tashladim. Maqsadim bu reytingning birinchi pog‘onasida turish. Bunga erishish osonlik bilan bo‘lmaydi. Lekin men o‘z ustimda tinimsiz ishlayman va dunyoning birinchi raqamli bokschisiga aylanishim uchun bor imkoniyatimni ishga solaman”, – deydi Shohjahon Sports.uz internet portaliga bergan xabarida.
Eslatib o‘tamiz, Shohjahon Ergashev Bruklindagi «Barclays Center» sport majmuasida 28 aprel kuni navbatdagi jangini o‘tkazishadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi