21:02 / 16.03.2018
3 590

«Metallurg» tezkor gol evaziga «Qo‘qon-1912»ni mag‘lub etdi (video)

«Metallurg» tezkor gol evaziga «Qo‘qon-1912»ni mag‘lub etdi (video)
Bugungi o‘yinga bo‘lgan qiziqish juda yuqori edi. Oldingi bahsdagi kabi mazkur uchrashuvda ham tarkibimizda yo‘qotishlar bor edi. Bugungi bellashuvda Muzaffar Abdullayev va Bahodir Akramovlar maydonga tusha olishmadi.

Uchrashuv vakillarimiz uchun omadsiz boshlandi. O‘yinning 2-daqiqasida mezbonlar hisobni ochishdi. Suhrob Nurulloyev gol muallifi bo‘ldi.

5-daqiqada Suhrob Berdiyevda yaxshi vaziyat vujudga kelgandi. Biroq uning zarbasiga biroz aniqlik yetishmadi.

12-daqiqada Marko Milichning bosh bilan zarbasidan keyin tup darvoza ustini yonginasidan o‘tib ketdi.

19-daqiqada jarima zarbasidan keyin raqib darvozasi oldiga golga toradigan vaziyatni vujudga keltirdik. 23-daqiqada Murod Xolmuhammedovning kuchli zarbasini mezbonlar posboni katta qiyinchilik bilan qaytarib qoldi. Ushbu vaziyatda Zafar Safoyev maydon egalarini muqarrar goldan qutqardi.

36-daqiqada mezbonlar ikkinchi golni urishgandi. Zabihullo O‘rinboyev o‘yindan tashqari holatda qolib ketgan deb topildi va gol inobatga olinmadi.

Bo‘limning qolgan daqiqalarida futbolchilarimiz raqib darvozasi oldida bir qator shiddatli hujumlarni tashkil etishdi. Biroq ulardan foydalana olmadik.

Ikkinchi taymni vakillarimiz ancha faol boshlashdi. 48-daqiqada Berdiyevnning zarabsi salgina noaniq ko‘rinish oldi. 57-daqiqada raqib darvozasi oldida yana bir shiddatli hujum tashkil etdik. “Metallurg” muqarrar goldan qutilib qoldi, to‘p darvoza ustiniga tegib qaytdi. Oradan ikki daqiqa o‘tib yana mezbonlar to‘p kiritishgandi. Ammo bu safar ham bekobodlikllar futbolchisi ofsaydda qolib ketgandi.

Tanaffusdan keyin zaxiradan maydonga tushgan Milan Spremo va Bahodir Pardayevlar hujumlarimizning yanada shiddatli ko‘rinish olishini ta’minlashdi.

81-daqiqada maydon egalari ikkinchi bor gol urishlari mumkin edi. Zabixullo O‘rinboyev yakkama-yakka vaziyatdan foydalana olmadi. Oradan bir daqiqa o‘tib endi Otaqo‘ziyev yaxshi vaziyat yuzaga keldi.

Qolgan daqiqalarda futbolchilarimiz katta kuch bilan hujumga zo‘r berishdi. Raqib darvozasi oldida yuzaga kelgan bir qator vaziyatlardan foydalana olmaslik oqibatida jamoamiz mavsumdagi ikkinchi mag‘lubiyatni tan olishga majbur bo‘ldi.

Superliga
3-tur

“Metallurg” – “Qo‘qon-1912” – 1:0
Hakamlar:
V. Agishev (Toshkent), T. Galeyev (Toshkent), A. Sidorov (Toshkent), B. Yulcharayev (Guliston).

Gol: Suhrob Nurulloyev – 2.

«Metallurg»: 1. Zafar Safoyev, 5. Abbos Otaxonov, 7. Suhrob Nurulloyev (17. Javohir Sohibov-75), 8. Shahzod Shaymanov, 9. Zabuxillo O‘rinboyev, 10. Islom Isoqjonov, 16. Jasur Hasanov, 55. Akbar Ismatullayev, 77. Muhammad Isayev, 88. Abror Husinov (20. Dilyor Ermatov-65), 90. Zafar To‘rayev (91. Pavel Smolyachenko-85).

Zaxira: 35. Javohir Ilyosov, 15. Zohid Abdullayev, 30. Andrey Shipilov, 80. Saidjamol Davlatjonov, 97. Jamshid Yusupov, 99. Pavel Prushkin.

«Qo‘qon-1912»: 1. O‘tkir Yusupov, 5. G‘iyos Komilov, 9. Nosir Otaqo‘ziyev (s), 10. Javohir Sidiqov, 17. Quvondiq Ro‘ziyev (18. Bahodir Pardayev-71), 19. Suhrob Berdiyev, 22. Murod Holmuhammedov, 23. Aleksandr Merzlyakov (7. Jamshid Hasanov-86), 55. Darko Gojkovich, 65. Marko Milich, 96. Muhammadanas Hasanov (95. Milan Spremo-46).

Zaxira: 30. Islom Abdullayev, 14. Avazxon Mamatxo‘jayev, 15. Oybek Rustamov, 29. Igor Taran.


Manba: www.kokand1912.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Metallurg» tezkor gol evaziga «Qo‘qon-1912»ni mag‘lub etdi (video)