Ispaniya davlat g‘aznasiga soliqlarni o‘z vaqtida to‘lamaganligi uchun Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu ayni paytda qiyin vaziyatga tushib qolgan.
Boz ustiga, u advokati Xose Antonio Xoxlan bilan ham bundan bir necha oy avval janjallashib qolgan. Shu bois u huquqlarini muhofaza etuvchi advokati bilan yarashib oldi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, yarim yil avval bo‘lib o‘tgan sudda portugaliyalik futbolchi soliqdan qarzi umuman yo‘qligi haqida yolg‘on ma’lumot bergan ekan.
Aslida uning Ispaniya g‘aznasiga to‘lashi lozim bo‘lgan pul juda katta miqdorda bo‘lib, ayni paytda Ronaldu talvasaga tushib qolgan.
Qamoq jazosi tayinlanishi mumkinligi, uning qo‘rquvini yanada oshirgan. Shunga ko‘ra, advokatiga bu ishni tezroq bitirish kerakligi haqida ko‘rsatma bergan.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, futbolchining 14 million 768 897 yevro soliqdan qarzi bor. Ammo shu soliq qarzini vaqtida to‘lamagani uchun Ispaniya soliq xizmati 25 million 693 ming 315 yevro to‘lashi kerakligini talab qilmoqda.
Agarda “Real” hujumchisi ushbu mablag‘ni Ispaniya g‘aznasiga tushirmasa, 15 yillik qamoq jazosi berilishi kerakligi aytilmoqda.
Manba: www.uff.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi